Yangiliklar
55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 7 nafar o‘quvchining barchasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

2021 yil 20-26 aprel kunlari 28 ta davlat o‘quvchilari o‘rtasida 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi onlayn tarzda o‘tkazildi. O‘zbekiston sharafini mazkur olimpiadada 7 nafar o‘quvchi himoya qilib, 7 nafari ham medal sohibi bo‘ldi. Batafsil »

55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi 

Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi MDH, Boltiqbo‘yi va Janubiy-Sharqiy Yevropa davlatlarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etib kelayotgan xalqaro olimpiadalardan biri hisoblanadi. Batafsil »

Fizika, Biologiya hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi.

Ishtirokchilarga fizika fanidan - yozma ish uchun 10 ta masala, Biologiya fanidan -10 ta topshiriq berildi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - 7 ta masala berildi va onlayn portalda bo‘lib o‘tmoqda. Batafsil »

5-7-sinflar uchun Matematika fanidan onlayn olimpiada

Joriy yilning 17-aprel kuni 5-sinf, 18-aprel kuni 6-7-sinf o‘quvchilari uchun Matematika fanidan oo.uzedu.uz tizimida onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi. Ushbu onlayn olimpiada o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun o‘tkazilmoqda. Batafsil »

2021-yil 11-aprel kuni Matematika va Kimyo fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi. 

Xalqaro olimpiadaga saralashning II bosqichi Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga matematika fanidan - yozma ish uchun 4 ta masala,  kimyo fanidan - yozma ish uchun 5 ta masala berildi. Batafsil »