Xalqaro matematika olimpiadasi
(International Mathematical Olympiad, IMO)
Xalqaro matematika olimpiadasi dunyoning yosh matematiklari uchun eng katta va eng nufuzli forum deb nomlasak adashmagan boʼlamiz. Har yili iyul oyida, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan kelgan 500-600 nafar iqtidorli yoshlar unda oʼzaro bellashadilar, muloqotda boʼlishadi va tajriba almashishadi.
✅ Birinchi Xalqaro matematika olimpiadasi Brashovda 1959 yilda boʼlib oʼtgan va unda Bolgariya, Vengriya, Sharqiy Germaniya, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya terma jamoalari ishtirok etgan. Oʼzbekiston jamoasi ilk bor 1997 yili Аrgentinada boʼlib oʼtgan Xalqaro matematika olimpiadasida 3 nafar ishtirokchi va 1 nafar rahbar bilan qatnashgan. Oʼzbekiston terma jamoasi 1999 yildan boshlab Xalqaro matematika olimpiadasida toʼliq tarkibda, yaʼni 6 nafar ishtirokchi va 2 nafar jamoa rahbari bilan ishtirok etib kelmoqda.
📄Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz tilidir. Tashkiliy qoʼmita tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari va baholash mezonlari barcha terma jamoalar rahbarlari oldida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Shundan soʼng, terma jamoalarning rahbarlari nazorat materiallarini oʼzlarining davlat tillariga tarjima qiladilar.
Olimpiada musobaqasi ikki bosqichdan iborat boʼlib, har bosqichida 3 tadan masala, jami 6 ta masala taqdim etiladi. Har bir masala maksimal 7 ball (jami 42 ball) bilan baholanadi. Masalalar murakkabligi darajasi yuqori boʼlib, ular algebra, sonlar nazariyasi, geometriya, kombinatorika boʼlimlariga mansubdir.
Ragʼbatlantirish: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.
Oʼzbekiston ishtiroki: Oʼzbekiston terma jamoasi birinchi medalni 2000 yilda Janubiy Koreyada qoʼlga kiritgan. Oʼzbekiston terma jamoasi oʼtgan davrda 18 marta ushbu olimpiadada ishtirok etib, 9 ta kumush va 27 ta bronza medallarini qoʼlga kiritgan. Bundan tashqari 30 dan ortiq ishtirokchilar olimpiadaning maxsus diplomlari bilan taqdirlangan.
Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari:
t/r |
F.I.Sh. |
Hududi |
Medali |
1 |
Raxmonov Umid |
Buxoro |
Bronza (2000), Kumush (2001) |
2 |
Kamolov Zulfiddin |
Buxoro |
Bronza (2000), Bronza (2001) |
3 |
Komilov Nozim |
Andijan |
Bronza (2001) |
4 |
Radjabov Umidjon |
Qashqadaryo |
Bronza (2001) |
5 |
Juraqulov Azizjon |
Buxoro |
Bronza (2003) |
6 |
Nafasov Doniyor |
Buxoro |
Kumush (2003) |
7 |
Qurbonov Jalol |
Buxoro |
Bronza (2004) |
8 |
Tillaev Bekzod |
Buxoro |
Bronza (2004) |
9 |
Jumaev Zafar |
Buxoro |
Bronza (2004) |
10 |
Bozorov Javlonbek |
Buxoro |
Bronza (2006) |
11 |
Boltaev O'tkir |
Buxoro |
Bronza (2006), Kumush (2007) |
12 |
Zoyirov Ozod |
Buxoro |
Bronza (2007) |
13 |
Chuyanov Xamrozjon |
Buxoro |
Bronza (2007) |
14 |
Abdiev Bahriddin |
Qashqadaryo |
Bronza (2007) |
15 |
Safoev Sherzod |
Buxoro |
Bronza (2008) |
16 |
Haydarov Farhod |
Namangan |
Bronza (2008) |
17 |
Eshonkulov Alisher |
Navoi |
Bronza (2008) |
18 |
Salimova Diyora |
Samarqand |
Bronza (2008), Kumush (2009) |
19 |
Pirnapasov Abror |
Buxoro |
Bronza (2009) |
20 |
Nazarov Azizxon |
Buxoro |
Bronza (2009), Bronza (2010) |
21 |
Jo'raeva Umidaxon |
Samarqand |
Kumush (2010) |
22 |
Abdurahimov Jafar |
Samarqand |
Kumush (2010) |
23 |
Akramov Ibrohimbek |
Samarqand |
Kumush (2010) |
24 |
Zarif Ibragimov |
Samarqand |
Kumush (2010) |
25 |
Isomurodov Javlon |
Buxoro |
Bronza (2011) |
26 |
Yaxshiev Jamshid |
Buxoro |
Bronza (2015) |
27 |
Muhammedov Abbos |
Buxoro |
Bronza (2015) |
28 |
Bazarbaev Sardor |
Toshkent |
Bronza (2015) |
29 |
Jo'raev Xurshid |
Toshkent |
Bronza (2016) |
30 |
Abduqayumov Abdumalik |
Buxoro |
Kumush (2017) |
31 |
Imomov Jasurbek |
Buxoro |
Bronza (2019) |
Jami: 9 ta kumush va 27 ta bronza
Umidaxon Joʼraeva, Muhayyo Аhmatova, Diyora Salimova, Maftuna Samatboevalar hukumatimiz tomonidan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Umid Raxmonov “Shuxrat” medali, Sardor Bazarbaev “Mard oʼgʼlon” Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar.
Oldimizda yana bir pogʼona marra - IMOda oltin medalni qoʼlga kiritish marrasi turibdi va biz iqtidorli oʼquvchilar bilan tizimli ishlashni yanada yaxshilasak, oʼquvchilarimiz gʼoliblar shoxsupasining chuqqisiga koʼtarilishi hech gap emas.
Quyidagi videolavhada 2017 yilda Braziliyada bo'lib o'tgan Xalqaro matematika olimpiadasini ko‘rishingiz mumkin:
Xalqaro biologiya olimpiadasi
(International Biology Olympiad, IBO)
15 yoshdan kichik va 20 yoshdan katta boʼlmagan maktab oʼquvchilari oʼrtasida har yili biologiya fanidan oʼtkaziladigan nufuzli xalqaro olimpiada hisoblanadi.
✅Olimpiadada ishtirok etish uchun har bir davlatdan 4 nafar ishtirokchi va 2 nafar jamoa rahbaridan iborat milliy terma jamoa shakllantiriladi va odatda mazkur 4 nafar oʼquvchilar shu davlatning milliy olimpiadasi gʼoliblari ichidan saralanadi. Ushbu olimpiada 1990 yildan beri har yili iyul oyida turli davlatlarda oʼtkazib kelinmoqda. Ilk marotaba olimpiada Chexoslavakiya davlatida oʼtkazilgan va unda 6 nafar terma jamoa ishtirok etgan. Bugungi kunga kelib olimpiadada 80 ga yaqin turli mamlakat terma jamoalari muntazam qatnashib kelmoqda. 2019 yilda Xalqaro biologiya olimpiadasi Vengriyaning Seget shahrida boʼlib oʼtdi. Bu yilgi 31- Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) 2020 yil 3-11 iyul kunlari Yaponiyaning Nagasaki shahrida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʼzbekiston terma jamoasi 1997 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.
Ragʼbatlantirish: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.
📄Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz tilidir. Tashkiliy qoʼmita tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari va baholash mezonlari barcha terma jamoalar rahbarlari oldida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Shundan soʼng, terma jamoalarning rahbarlari nazorat materiallarini oʼzlarining davlat tillariga tarjima qiladilar. Shu sababli, terma jamoa rahbarlari va ishtirokchilar bir-birlaridan alohida mehmonxonalarda joylashtiriladi.
Barcha ishtirokchilar individual tartibda baholanadi. Olimpiadada biologiyaning bir necha asosiy yoʼnalishlari: hujayra biologiyasi, molekulyar biologiya, oʼsimlik anatomiyasi va fiziologiyasi, hayvonlar va odamlarning anatomiyasi va fiziologiyasi, etologiya, genetika va evolyutsiya, ekologiya, biosistematikadan sinovlar oʼtkaziladi.
Olimpiada 2 bosqichda oʼtkaziladi:
👉1-bosqich - amaliy-laboratoriya topshiriqlari.
👉2-bosqich - nazariy savollar.
Joriy yilgi IBO-2020 xalqaro biologiya olimpiadasida nazorat materiallari quyidagi tartibda berilishi belgilangan:
👉1-bosqichda biologiyaning quyidagi 3 ta yoʼnalishiga oid:
А) Hayvonlar fiziologiyasi, gistologiyasi va rivojlanish biologiyasi (3 soat); B) Oʼsimliklar biologiyasi (1,5 soat); V) Bioinformatika (1,5 soat) amaliy-laboratoriya topshiriqlari oʼtkaziladi.
👉2-bosqichda beriladigan barcha nazariy savollar biologiyaning asosiy yoʼnalishiga asoslanadi va bu bosqichda oʼquvchilarning biologiya faniga oid bilimlaridan tashqari chuqur mantiqiy fikrlash, kuchli matematik hisoblash malakalari sinovdan oʼtkaziladi.
Olimpiada 2 kun mobaynida oʼtkazilib, har bir bosqich uchun 6 soatdan vaqt ajratiladi. Gʼolib va sovrindorlar ballar ketma-ketligida aniqlanadi. Jami ishtirokchilarning 10 foizi oltin, qolgan 20 foizi kumush, qolgan 30 foizi bronza medallariga sazovor boʼladilar.
Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari:
t/r |
F.I.Sh. |
Hududi |
Medali |
1 |
Hudayberdiev Sharof |
Samarqand |
Bronza (1997), Bronza (1998) |
2 |
Kasimov Akmal |
Toshkent |
Bronza (1998) |
3 |
Aliyev Alisher |
Toshkent |
Bronza (1999), Kumush (2000) |
4 |
Turgunov Jahangir |
Toshkent |
Bronza (2000) |
5 |
Aziz Ashirov |
Toshkent |
Bronza (2000) |
6 |
Kudratova Khosiyatkhon |
Toshkent |
Bronza (2019) |
7 |
Egamov Xusen |
Navoiy | Bronza (2019) |
8 |
Valijonova Saida |
Toshkent |
Bronza (2019), Oltin (2020) |
9 |
Karimov Ravshanbek |
Buxoro |
Kumush (2020) |
10 |
Tojiboev Sardor |
Jizzax |
Kumush (2020) |
Jami: 1 ta oltin, 3 ta kumush, 10 ta bronza.
Quyida 2019 yilda Vengriyaning Szeged shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz:
O'zbekiston terma jamoasinining Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)da ishtiroki va natijalari
2020: 31-IBO Nagasaki, Yaponiya
(11-24 avgust, 2020 yil, 51 ta davlat, 204ta ishtirokchi, Teamleader - Gulbahor Umarova, Deputy teamleader - Mukambar Mukhamedova)
2019: 30-IBO Seged, Vengriya
(14 – 21 iyul, 2019 yil, 72 ta davlat, 285 ta ishtirokchi, Teamleader - Gulbahor Umarova, Deputy teamleader - Mukambar Mukhamedova)
2018: 29-IBO Tehron, Iran
(15-22 iyul, 2018, 64 ta davlat, 261 ta ishtirokchi, Teamleader - Gulbahor Umarova, Deputy teamleader - Mukambar Mukhamedova)
2017: 28-IBO Varvik, Buyuk Britaniya
(23-30 iyul, 2017, 64 ta davlat, 245 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan.
2016: 27-IBO Hanoy, Vyetnam
(17-24 iyul, 2016, 68ta davlat, 252ta ishtirokchi, Teamleader - Gulbahor Umarova, Deputy teamleader - Mukambar Mukhamedova)
2015: 26-IBO, Aarhus, Daniya
(12-19 iyul, 2015 yil, 61 ta davlat, 239 ta ishtirokchi)
2014: 25-IBO, Bali, Indoneziya
(6-13 iyul, 2014 yil, 61 ta davlat, 238 ta ishtirokchi)
2013: 24-IBO, Bern, Shvetsariya
(14-21 iyul, 2013 yil, 62 ta davlat, 239 ta ishtirokchi)
2012: 23-IBO, Singapur, Singapur
(8-15 iyul, 2012 yil, 59 ta davlat, 239 ta ishtirokchi)
2011: 22-IBO, Taypey, Tayvan
(10-17 iyul, 2011 yil, 58 ta davlat, 227 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2010: 21-IBO, Changvon, Janubiy Koreya
(11-18 iyul, 2010 yil, 58 ta davlat, 233 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi diskvalifikatsiya bo’lgan.
2009: 20-IBO, Tsukuba, Yaponiya
(12-19 iyul, 2009, 56 ta davlat, 221 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2008: 19-IBO, Mumbay, Hindiston
(15-22 iyul, 2008 yil, 55 ta davlat, 220 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2007: 18-IBO, Saskatun, Kanada
(15-22 iyul, 2007 yil, 49 ta davlat, 192 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2006: 17-IBO, Rio Kuarto, Argentina
(9-16 iyul, 2006 yil, 48ta davlat, 185 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2005: 16-IBO, Pekin, Xitoy
(10-17 iyul, 2005 yil, 50ta davlat, 197 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2004: 15-IBO, Brizben, Avstraliya
(11-18 iyul, 2004 yil, 40ta davlat, 159 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2003: 14-IBO, Minsk, Belarus
(8-18 iyul, 2003 yil, 41 ta davlat, 163 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2002: 13-IBO, Yurmala-Riga, Latviya
(7-14, 2002 yil, 40 ta davlat, 155 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2001: 12-IBO, Bryussel, Belgiya
(8-15, 2001 yil, 38 ta davlat, 151 ta ishtirokchi)
O’zbekiston terma jamoasi ishtirok etmagan
2000: 11-IBO, Antalya, Turkiya
(9-16 iyul, 2000, 38 ta davlat, 150 ta ishtirokchi)
1999: 10-IBO, Uppsala, Shvetsiya
(4-11 iyul, 1999 yil, 36 ta davlat, 134 ta ishtirokchi)
1998: 9-IBO, Kil’, Germaniya
(19-26 iyul, 1998 yil, 33 ta davlat, 131 ta ishtirokchi)
1997: 9-IBO, Ashxobod, Turkmaniston
(13-20 iyul, 1997 yil, 28 ta davlat, 108 ta ishtirokchi)
Xalqaro informatika olimpiadasi
(International Olympiad in Informatics, IOI)
Xalqaro informatika olimpiadasi har yili yuqori sinf oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkaziladigan nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridan biridir.
✅ Ushbu olimpiadada har bir davlatdan bitta terma jamoa ishtirok etadi. Terma jamoa 2 nafar jamoa rahbari va 4 nafar ishtirokchi oʼquvchilardan iborat boʼladi. Ishtirokchi oʼquvchilar odatda har bir davlatning saralash olimpiadasi natijalariga koʼra terma jamoaga tanlanadi. IOI ilk marotaba 1989 yil Bolgariya davlatida boʼlib oʼtgan va har yili olimpiadaga mezbonlik qiladigan mamlakatlar oʼzgarib turadi. Olimpiadada 80 dan ortiq mamlakat terma jamoalari ishtirok etib kelmoqda. 2020 yilgi 32-Xalqaro informatika olimpiadasi 19-26 iyul kunlari Singapur Milliy universitetida boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan. Ushbu olimpiadada 80 dan ortiq mamlakatdan kelgan jamoalar qatnashadilar.
Oʼzbekiston ishtiroki: Mamlakatimiz oʼquvchilari ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada 2015 yil Qozogʼistonning Olma-ota shahrida tashkil qilingan 27-Xalqaro informatika olimpiadasida ilk marotaba ishtirok etgan.
💵Ragʼbatlantirish:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli Qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.
📄Olimpiada oʼtkazilish tartibi. Xalqaro olimpiadada dasturlashga oid har kuni 3 tadan uchta jami 6 ta amaliy topshiriq beriladi. Bu topshiriqlarning har biri 100 balldan baholanib, ularni bajarish uchun har bir turda 5 soat vaqt ajratiladi.
Har bir ishtirokchi kompьyuterda C, C++ yoki Paskal dasturlash tillari yordamida berilgan topshiriqlarni mustaqil bajaradi. Topshiriqlarga tuzilgan dasturlarning toʼgʼriligi kompyuterda tekshirish testlari yordamida aniqlanadi. Ishtirokchilarning 50%i oltin, kumush va bronza medallar bilan taqdirlanadilar. Taqdirlash marosimida ishtirokchilar umumiy ballar sonidan kelib chiqqan holda reytingga muvofiq taqdirlanadilar.
Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari. Oʼzbekiston ushbu olimpiadada hali medallarga sazovor boʼlmagan. Respublikamizda ilm-fanga qaratilayotgan eʼtibor tufayli iqtidorli yoshlarni qoʼllab quvvatlash, ularga zarur sharoitlarni yaratish hamda ularni moddiy ragʼbatlantirish boʼyicha keng koʼlamli islohotlar olib borilmoqda. Bunday yuksak eʼtiborga javoban informatika fani oʼqituvchilari, olimpiada trenerlari va mutaxassislari, shuningdek olimpiadada ishtirok etishni xohlagan oʼquvchilar kelgusi Xalqaro informatika olimpiadalarida bor bilimi va imkoniyatlaridan foydalanib yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, malakatimiz bayrogʼini xalqaro maydonda yuqori koʼtarishiga ishonch bildiramiz.
Quyida 2019 yilda Baku shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz:
O'zbekiston terma jamoasinining Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI)da ishtiroki va natijalari
2020: 32-IOI, Singapur, Singapur
(13-19 sentabr, 2020 yil, 87 ta davlat, 343 ta ishtirokchi, Jamoa rahbari - Bahodir Gulmatov, Jamoa rahbari o’rinbosari - Asadullo Ganiev)
2019: 31-IOI, Baku, Ozarbayjon
(4-11-avgust, 2019 yil, 87 ta davlat, 327 ta ishtirokchi, Jamoa rahbari – Uktamjon Khudayberdiev, Jamoa o’rinbosari – Raif Akhmedshin)
2018: 30-IOI, Tsukuba, Ibaraki, Yaponiya
(1-8 sentabr, 2018 yil, 87 ta davlat, 335 ta ishtirokchi, Jamoa rahbari – Uktamjon Khudayberdiev, Jamoa o’rinbosari – Raif Akhmedshin)
2017: 29-IOI, Tehron, Iran
(28-iyul 4-avgust, 2017 yil, 83 ta davlat, 308 ta ishtirokchi, Jamoa rahbari-Bahodir Gulmatov)
2016: 28-IOI, Kazan, Rossiya
(12-19 avgust, 2016 yil, 80 ta davlat, 308 ta ishtirokchiJamoa rahbari-Bahodir Gulmatov, O’rinbosar – Shihnazar Sharofaddinov)
2015: 27-IOI, Olmaota, Qozog'iston
(26-iyul – 2 avgust, 2015 yil, 83 ta davlat, 322 ta ishtirokchi, Jamoa rahbari-Bahodir Gulmatov, O’rinbosar – Bekzod Soliev)
Xalqaro fizika olimpiadasi
(International Physics Olympiad, IPhO)
20 yoshdan katta boʼlmagan maktab va akademik litseylarning yuqori sinf oʼquvchilari oʼrtasida har yili oʼtkaziladigan xalqaro fan olimpiadasidir.
Olimpiadada ishtirok etish uchun har bir davlat 5 nafar ishtirokchi va 2 nafar jamoa rahbaridan iborat milliy terma jamoani shakllantiradi. Mazkur 5 nafar oʼquvchilar oʼz davlatida milliy olimpiada gʼoliblari ichidan saralanadi. Olimpiada 1967 yildan beri turli davlatlarda oʼtkazib kelinmoqda. Ilk marotaba olimpiada Polsha davlatida oʼtkazilgan. Bugungi kunga kelib unda 5 qitaning 90 ga yaqin turli mamlakat terma jamoalari muntazam qatnashib kelmoqda. 2019 yilda Xalqaro fizika olimpiadasi Isroilning Tel-Aviv shahrida boʼlib oʼtgan boʼlsa, 2020 yilda 51-Xalqaro fizika olimpiadasi IPhO-2020 iyul oyida Litvada oʼtkaziladi.
Nazorat materiallari: Olimpiadaning rasmiy tili - bu ingliz tilidir. Tashkiliy qoʼmita tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari va baholash mezonlari barcha terma jamoalar rahbarlari oldida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Shundan soʼng, terma jamoalarning rahbarlari nazorat materiallarini oʼzlarining davlat tillariga tarjima qiladilar. Shu sababli, terma jamoa rahbarlari va ishtirokchilar bir-birlaridan alohida mehmonxonalarda joylashtiriladi.
Olimpiada 2 bosqichda oʼtkaziladi:
👉1-bosqich: amaliy-laboratoriya topshiriqlari.
👉2-bosqich: nazariy savollar.
Xar bir bosqich uchun 5 soat vaqt beriladi.
Barcha ishtirokchilar individual tartibda baholanadi. Gʼolib va sovrindorlar ballar ketma-ketligida aniqlanadi. Jami ishtirokchilarning 8 foiziga oltin, 17 foiziga kumush, qolgan 25 foiziga bronza medallari topshiriladi.
Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari:
t/r |
F.I.Sh. |
Hududi |
Medali |
1 |
Hofizov Umidjon |
Namangan |
Bronza (2018) |
Terma jamoamizda hozircha bitta bronza medal bor. Ushbu medal 2018 yil Portugaliya davlati, Lissabon shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadada Hofizov Umidjon tomonidan qoʼlga kiritilgan.
Ushbu olimpiada boʼyicha kelajakdagi maqsadlarimiz maktab oʼquvchilarini tayyorgarliklarini toʼgʼri tashkil qilib, medallar nufuzini yaxshilashdan iborat.
Ragʼbatlantirish:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4306-sonli qaroriga asosan ushbu xalqaro olimpiadada gʼolib boʼlgan oʼquvchilar, ularning oʼqituvchilari uchun pul mukofotlari (hamda ustamalar) berilishi belgilangan.
Quyida 2019 yilda Isroilning Tel-Аviv shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz:
Xalqaro kimyo olimpiadasi
(International Chemistry Olympiad, ICHO)
Bu olimpiada har yili 20 yoshdan katta boʼlmagan maktab oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkaziladi. Olimpiadaning asosiy maqsadi - dunyo boʼylab maktab oʼquvchilarining kimyoviy fanlarga qiziqishini oshirish.
✅ Har bir mamlakatdan toʼrt nafardan ortiq boʼlmagan oʼquvchilar va ikkita murabbiydan iborat jamoa ishtirok etadi. Ilk marotaba IShO 1968 yilda Chexoslovakiyada boʼlib oʼtgan. Oʼshandan beri olimpiada 1971 yildan tashqari har yili oʼtkazilib kelinmoqda. Dastlabki musobaqada 3 ta davlat jamoalari ishtirok etgan. Uchta ishtirokchi davlatning har biri oltita talabadan iborat guruhni tashkil etgan. Unda 4 ta nazariy vazifalarni bajarish taklif qilingan. Ikkinchi kimyo olimpiadasi 1969 yilda Polshada boʼlib oʼtgan, unda Bolgariya ham ishtirok etgan. Аvvaliga har bir jamoa besh nafar oʼquvchidan iborat boʼlib, bunda eksperimental tur qoʼshildi. Keyin ishtirokchilar sonini toʼrttaga cheklab, koʼproq jamoalarni taklif qilishga qaror qilindi. 1970 yilda uchinchi Olimpiada Vengriyada tashkil etildi. Yildan-yilga ushbu musobaqaning nufuzi ortib, ishtirokchi davlatlar soni doimiy ravishda koʼpayib bordi va hozirgi kunda Xalqaro kimyo olimpiadasida 68 ta davlatdan kelgan jamoa ishtirok etmoqda. Oʼtgan 2019 yilgi Olimpiada Parijda 21-30 iyul kunlari boʼlib oʼtdi. Bu yilgi 52-Xalqaro kimyo olimpiadasi IChO 2020 joriy yilning
6-15 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʼlib oʼtishi rejalashtirilgan.
Oʼzbekiston ishtiroki: milliy terma jamoamiz vakillari ushbu olimpiadada ilk bor 2013 yilda qatnashib bitta oltin va ikkita bronza medali sohibi boʼlgan. Shu yildan boshlab terma jamoamiz muntazam ishtirok etib kelmoqda.
📄Nazorat materiallari: Olimpiada ikki bosqichdan iborat:
👉 1-bosqich: eksperimental.
👉 2-bosqich: nazariy savollar.
Ikkala bosqichga ham 5 soatdan vaqt ajratiladi va turli kunlarda oʼtkaziladi. Nazariy turda maksimal 60, amaliy turda 40 ball beriladi. Har bir tur bir-biridan mustaqil ravishda baholanadi va imtihon natijalari yigʼindisi qatnashchining umumiy natijasini aniqlaydi. Har bir ishtirokchi davlatdan ikkita murabbiy xalqaro hayʼat aʼzolari tayyorlagan topshiriqlar muhokamasida qiladi va ularni milliy tiliga tarjima qiladi. IShOda rasmiy ravishda ishtirokchilar individual baholanadilar.
Oʼzbekiston terma jamoasi natijalari: Xalqaro kimyo olimpiadasida terma jamoamiz vakilliri 2013 yildan buyon qatnashib, bu davr ichida jami 21 ta medal, shundan 2 ta oltin, 4 ta kumush, 15 ta bronza medallarni qoʼlga kiritishgan. Birgina oʼtgan 2019 yilda 21-30 iyul kunlari Frantsiyaning Parij shahrida boʼlib oʼtgan 51-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) Oʼzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medal sohibi boʼlishdi.
Medallar bilan taqdirlanganlar:
T/R |
F.I.Sh
|
Yili |
Hududi |
Medali |
1. |
Boltaev Bexzod |
2013 |
Toshkent shahri |
Oltin |
2. |
Аrtikbaeva Dilshoda |
2013 |
Toshkent shahri |
Bronza |
3. |
Sharobiddinov Biloliddin |
2013 |
Toshkent shahri |
Bronza |
4. |
Boltaev Bexzod |
2014 |
Toshkent shahri |
Оltin |
5. |
Muxsimov Javlon |
2014 |
Toshkent shahri |
Kumush |
6. |
Boltaev Bobur |
2014 |
Toshkent shahri |
Bronza |
7. |
Isaeva Eʼzozaxon |
2014 |
Toshkent shahri |
Bronza |
8. |
Yusupalieva Dilnora |
2015 |
Toshkent shahri |
Bronza |
9. |
Shoyunusov Sarvar |
2016 |
Toshkent shahri |
Kumush |
10. |
Faxriev Jaxongir |
2016 |
Toshkent shahri |
Bronza |
11. |
Omonova Charos |
2016 |
Toshkent shahri |
Bronza |
12. |
Xakimov Аziz |
2017 |
Toshkent shahri |
Bronza |
13. |
Muxsimov Аsilbek |
2017 |
Toshkent shahri |
Bronza |
14. |
Аbduxakimov Javoxirbek |
2017 |
Toshkent shahri |
Bronza |
15. |
Аlovutdinov Jaloliddin |
2018 |
Toshkent shahri |
Bronza |
16. |
Xakimboeva Dildora |
2018 |
Toshkent shahri |
Bronzа |
17. |
Karimov Islomjon |
2019 |
Toshkent shahri |
Kumush |
18. |
Boltaeva Mohira |
2019 |
Toshkent shahri |
Kumush |
19. |
Xaitov Diyor |
2019 |
Toshkent shahri |
Bronza |
20. |
Boirbekov Ulugʼbek |
2019 |
Toshkent shahri |
Bronza |
21. |
Mirakbarov Mirumid |
2020 |
Toshkent shahri |
Kumush |
22. |
Isaeva Dilshodakhon |
2020 |
Toshkent shahri |
Kumush |
23. |
Sobirov Firdavs |
2020 |
Buxoro shahri |
Bronza |
Jami: 2 ta oltin, 6 ta kumush, 15 ta bronza
Kelgusida kimyo fani boʼyicha oʼtkaziladigan olimpiadalarda yurtimiz terma jamoasiga bundan ham yaxshi natijalarni qoʼlga kiritishlarida omad tilaymiz.
Quyida 2019 yilda Parij shahrida boʼlib oʼtgan olimpiadadan videolavhani taqdim etamiz:
O'zbekiston terma jamoasining Xalqaro kimyo olimpiasi (IChO)da ishtiroki va natijalari:
2020: 52-IChO, Istambul, Turkiya
(25-iyul, 2020-yil, 60 ta davlat, 240 ta ishtiorkchi, Jamoa rahbari - Artikbay Eshonkulov, o'rinbosari - Firdavs Kutliev)
2019: 51-IChO, Parij, Fransiya
2018: 50-IChO
2017: 49-IChO
2016: 48-IChO
2015: 47-IChO
2014: 46-IChO
2013: 45-IChO