Qo‘shimcha Respublika olimpiadalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili oktаbr-dekabr oylarida quyidagi umumtaʼlim fanlaridan o‘tkaziladi:
1) matematika;
2) fizika;
3) informatika va axborot texnologiyalari;
4) kimyo;
5) biologiya.
Qo‘shimcha Respublika olimpiadalari o‘tkaziladigan hududlar ro‘yxati har yili 10 sentyabrga qadar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Qo‘shimcha Respublika olimpiadasi bir bosqichda o‘tkazilib, unda:
- o‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining uchinchi bosqichida ballar ketma-ketligida 1-5-o‘rinlarni egallagan hamda tegishli yilda umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarining 10-11-sinf, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari;
- o‘tgan o‘quv yilida onlayn fan olimpiadasining barcha bosqichlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 10 nafardan oshmagan hamda tegishli yilda taʼlim muassasalarining 10-11-sinf, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining barcha bosqich o‘quvchilari;
- Аgentlik tavsiyasiga ko‘ra har bir fandan 1 nafardan 10-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etadilar.
O‘tgan 2019 yilgi qo‘shimcha Respublika fan olimpiadalari oktyabr, noyabr oylarida Jizzax, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shahrida o‘tkazildi.
Unda har bir fan yoʼnalishida ballar ketma-ketligida barcha ishtirokchilar orasidan 1-2-3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar aniqlandi va PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan quyidagicha;
1-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari
2-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 85 baravari
3-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari
Mazkur olimpiada g‘oliblari o‘qituvchilari esa, tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 80, 65 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.