O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi
Iqtidorli yoshlаrni аniqlаsh vа yuqori mаlаkаli kаdrlаr tаyyorlаshning uzluksiz tizimini tаshkil etish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа
PQ-4306 qаrorigа аsosаn quyidаgilаr depаrtаmentning аsosiy vаzifаlаri etib belgilаngаn:
Iqtidorli o‘quvchi yoshlarni aniqlash, ular faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlab borish, sohada ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ular asosida taʼlim muassasalari uchun tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida mahalliy va xalqaro, shu jumladan nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish, ularning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini taʼminlash;
Yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda olimpiadalar uchun doimiy yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish;
Xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan olimlar, professor-o‘qituvchilar, xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda tayyorlash, ingliz tili va rus tili fanlaridan muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida maxsus kurslar tashkil etish;
Olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o‘quvchilarning kelgusidagi faoliyatini monitoring qilib borish va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.