Аsosiy fan olimpiadasida umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining 9-10-11-sinf, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 1-2-bosqich oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkaziladi.
Аsosiy fan olimpiadasining har bir bosqichida 1-2-3-oʼrinlarni egallagan gʼolib va sovrindor oʼquvchilar keyingi bosqich ishtirokchilari hisoblanadi.
20 ta umumtaʼlim fanlari boʼyicha asosiy fan olimpiadasi quyidagi toʼrt bosqichda oʼtkaziladi;
birinchi bosqich – taʼlim muassasalarida oʼtkaziladi. Birinchi bosqichda har bir fan yoʼnalishida ballar ketma-ketligida 3 nafar gʼoliblar (1-2-3-oʼrinlar) aniqlanadi va tashkiliy qoʼmita qarori bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
ikkinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida oʼtkaziladi.
uchinchi bosqich - Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida oʼtkaziladi.
toʼrtinchi bosqich - respublika miqyosida tegishli oʼquv yilining iyun oyida oʼtkaziladi.
Аsosiy fan olimpiadasining toʼrtinchi bosqichida 1-2-3-oʼrinlarni egallagan umumtaʼlim maktablarining 11-sinf, akademik litseylar va kasb- hunar maktablarining 2-bosqich oʼquvchilariga PQ-4306-sonli Prezident qaroriga muvofiq namunadagi ixtisoslik fani boʼyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.