Yangiliklar
21-Osiyo fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi ilk bora ishtirok etmoqda

2021-yil 17-24-may kunlari Tayvan Respublikasi tomonidan 21-Osiyo fizika olimpiadasi onlayn tarzda o‘tkazilmoqda. Mazkur olimpiadada terma jamoamiz ilk marotaba 8 nafar o‘quvchi bilan ishtirok etmoqda. Batafsil »

Muhim e'lon! Onlayn olimpiadalar davom etadi.

Joriy yilning 15-may kuni 11-sinf o‘quvchilari uchun Fizika, Kimyo, Biologiya fanlaridan oo.uzedu.uz tizimida onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi. Ushbu onlayn olimpiada o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun o‘tkazilmoqda. Batafsil »

Matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichiga start berildi

Joriy yilning 6-7 may kunlari Buxoro viloyatida matematika, kimyo va biologiya bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Olimpiadada jami 101 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda. Batafsil »

Muhim e'lon! Onlayn olimpiadalar davom etadi.

Joriy yilning 8-may kuni 7-8-sinf, 9-may kuni 9-10-sinf o‘quvchilari uchun Kimyo fanidan oo.uzedu.uz tizimida onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi. Batafsil »

Toshkentda Xalqaro Mendeleyev, Xalqaro Jautikov hamda Kavkaz matematika olimpiadalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 1 may kuni poytaxtimizning 97-umumta’lim maktabida 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi, 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasi hamda 6-Kavkaz matematika olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Batafsil »