21-Osiyo fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi ilk bora ishtirok etmoqda

🔹2021-yil 17-24-may kunlari Tayvan Respublikasi tomonidan 21-Osiyo fizika olimpiadasi onlayn tarzda o‘tkazilmoqda. Mazkur olimpiadada terma jamoamiz ilk marotaba 8 nafar o‘quvchi bilan ishtirok etmoqda.
🔹Terma jamoa a'zolari xalqaro fizika olimpiadasiga saralashning 2-bosqichida eng yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o‘quvchilardan shakllantirildi. 
🔹21-Osiyo fizika olimpiadasi dasturi quyidagicha:
17-may "ochilish marosimi"
18-may "terma jamoa rahbarlari bilan  onlayn muloqot"
19-may "olimpiadaning nazariy bosqichi"
20-may "olimpiadaning amaliy bosqichi"
21-may "o‘quvchilarning ishlarini baholash"
22-may "natijalarni e'lon qilish"
23-may "ishtirokchilar uchun ilmiy ma'ruza"
24-may "yopilish marosimi"
🔹Mazkur olimpiada o‘tgan yili pandemiya tufayli o‘tkazilmagan edi. Bu yil masofaviy tarzda o‘tkazilayotgan xalqaro olimpiadada 25 ta davlat o‘quvchilari ishtirok etmoqda. O‘quvchilarimizga omad va zafar tilaymiz!