Matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichiga start berildi

🔹Joriy yilning 6-7 may kunlari Buxoro viloyatida matematika, kimyo va biologiya bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. 

🔹Bugun, 6 may kuni Buxoro shahridagi 1-umumta’lim maktabida mazkur olimpiadaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va olimpiadaning 1 turi boshlandi.

🔹Olimpiadada jami 101 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda. Matematika fanidan 33 nafar, Kimyo fanidan 27 nafar, Biologiya fanidan 41 nafar o'quvchilar uchun Buxoro viloyatida yotoqxona hamda olimpiada o'tkaziladigan kunlari ovqatlanish va barcha shart sharoitlar yaratilgan.

🔹Barcha ishtirokchilar ma'naviy hordiq chiqarishlari uchun Buxoro viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🔹Olimpiadaning shaffof hamda adolatni o'tishini ta'minlash maqsadida jarayon kuzatuv kameralari bilan jihozlangan zalda tashkil qilingan. Ushbu jarayonni quyidagi havola orqali onlayn ko'rishingiz mumkin. 👉https://www.youtube.com/watch?v=gmkrN5--LMI👈

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep