55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi 

55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi 
➡️Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi MDH, Boltiqbo‘yi va Janubiy-Sharqiy Yevropa davlatlarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etib kelayotgan xalqaro olimpiadalardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiadada turli davlatlarning yuqori sinf o‘quvchilaridan iborat terma jamoalari ishtirok etadi. Batafsil 👉http://imcho55.chem.msu.ru/ 
✅ Mazkur olimpiada 1966-yildan boshlab har yili turli davlatlarda o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunda dunyoning 30 mamlakatidan 200 nafar eng iqtidorli o‘quvchilar kimyo fanidan murakkab va nostandart masalalarni yechishda bellashishadi.
✅ Joriy yil yurtimizning 7 nafar iqtidorli yoshlari ushbu olimpiadada ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bugun mazkur xalqaro olimpiadaning ochilish marosimi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi, 22-23-aprel kunlari ishtirokchilar 2 ta nazariy bosqichda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. O‘quvchilarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!