2021-yil 11-aprel kuni Matematika va Kimyo fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi. 

2021-yil 11-aprel kuni Matematika va Kimyo fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi. 

Xalqaro olimpiadaga saralashning II bosqichi Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga matematika fanidan - yozma ish uchun 4 ta masala,  kimyo fanidan - yozma ish uchun 5 ta masala berildi. Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarishlari uchun 4 soat vaqt berildi.

Olimpiada yakuniga yetgach o‘quvchilarning ishlari Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti nazorati ostida hakamlar hay’ati tomonidan tekshirildi.

Olimpiada Binoda Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan biriktirilgan maxsus xodimlar tomonidan navbatchilik tashkil etilgan holda bo‘lib o‘tdi.

Barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jarayondan olingan foto lavhalar.