Fizika, Biologiya hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi.

Bugun Fizika, Biologiya hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning II bosqichiga start berildi. 

Fizika va Biologiya fanlaridan Xalqaro olimpiadaga saralashning II bosqichi Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan esa Toshkent shahar Olmazor tumani 191-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida  bo‘lib o‘tmoqda.   Ishtirokchilarga fizika fanidan - yozma ish uchun 10 ta masala,  Biologiya fanidan -10 ta topshiriq berildi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - 7 ta masala berildi va onlayn portalda bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarishlari uchun Fizika, Biologiya fanlariga 4 soat hamda Informatika va axborot texnologiyalari faniga 5 soat vaqt berildi .

Olimpiada yakuniga yetgach o‘quvchilarning ishlari Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti nazorati ostida hakamlar hay’ati tomonidan tekshiriladi.

Binoda Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan biriktirilgan maxsus xodimlar tomonidan navbatchilik tashkil etilgan. Olimpiada karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda.

Barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining esdalik sovg‘alari topshiriladi.