Yangiliklar
2022-yilning 28-iyul kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida joriy o’quv yilida bo’lib o’tgan xalqaro fan olimpiadalari go’liblari hamda ularning ustozlarini tantanali taqdirlash marosimi o’tkaziladi.

Tadbirda Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) kabi nufuzli hamda Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi,  Xalqaro Jautikov olimpiadasi,  Kavkaz matematika ... Batafsil »

Xitoyda o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Xitoy davlatida masofaviy tarzda o‘tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi. Dunyoning 80 ta davlatidan 320  nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Batafsil »

O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o‘quvchi qatnashgan mazkur olimpiadada Toshkent pediatri instituti akademik liseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Belgilangan tartibga ko‘ra, medal sohibi oliy ta’lim muassasasiga ... Batafsil »

O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Norvegiyaning Oslo shahrida 6-16 iyul kunlari o‘tkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etdi.  Dunyoning 106 ta davlatidan 600 nafar o‘quvchi qatnashgan mazkur Olimpiadada yurtimiz sharafini h Batafsil »

52-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2022)

Joriy yil 52-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Shvetsariya davlati mezbonlik qilmoqda. Olimpiada masofaviy (onlayn) tarzda tashkil etildi. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda va shu ... Batafsil »