Xitoyda o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
Xitoyda o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi
Xitoy davlatida masofaviy tarzda o‘tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi. Dunyoning 80 ta davlatidan 320 nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Xalqaro olimpiadaning yopilish marosimi masofaviy tarzda Youtube platformasida bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar bilan tanishing: 🥈Maftuna Badalova - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi; 🥈Azimjon Jamolov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi; 🥈Ikromiddin Boymahammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi; 🥈Sherzod Shaymatov - Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-AFChO‘IMning 11-sinf o‘quvchisi.
Kumush medalni qo‘lga kiritgan g‘olib o‘quvchilarga 90 mln. so‘m, o‘qituvchilariga – 75 mln. so‘mdan pul mukofotlari topshiriladi. Medal sohiblari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etadi.