O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar 10-18 iyul kunlari Armaniston davlatida o‘tkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida qatnashdi. 

Dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o‘quvchi qatnashgan mazkur olimpiadada Toshkent pediatri instituti akademik liseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, medal sohibi oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi. 

Bronza medali uchun o‘quvchiga 60 mln. so‘m, uning o‘qituvchisiga esa 45 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Xalq ta’limi vazirligi mazkur g‘alaba bilan Aziza hamda uning ustozlari va ota-onasini muborakbod etadi.