17-may kuni (yakshanba) soat 12:00da matematika fanidan 4-sinf o'quvchilari o'rtasida onlayn olimpiada o'tkaziladi.
17-may kuni (yakshanba) soat 12:00da matematika fanidan 4-sinf o'quvchilari o'rtasida onlayn olimpiada o'tkaziladi.
🏢 Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti umumta'lim maktablarining 4-sinf o'quvchilari o'rtasida matematika 🧮fanidan o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi. 🗓 Joriy yilning 17-may kuni (yakshanba) soat 12:00da matematika fanidan yuqorida qayd etilgan sinf o'quvchilar o'rtasida ONLAYN OLIMPIADA o'tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi. ⌛️ 👨🏻💻 Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun o'quvchilar olympiad.uzedu.uz (yoki oo.uzedu.uz) saytiga belgilangan vaqtda, o‘zlarining login va parollari yordamida kirishlari kerak. 📊Onlayn olimpiada yakunlangach, o'quvchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi. Batafsil yo‘riqnoma bilan tanishing! Vebsayt 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram 👉 @olimpdep