“O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti Laureati Respublika ko‘rik-tanlovi” g‘oliblari

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil
12
-apreldagi qo‘shma qaroriga muvofiq 16-18-avgust kunlari “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti Laureati Respublika ko‘rik-tanlovi” yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda matematika fanidan 15 nafar, fizika fanidan
16 nafar, kimyo fanidan 14 nafar, biologiya fanidan 16 nafar, ingliz tili fanidan 14 nafar, informatika va axborot texnologiyalari fanidan
13 nafar jami 88 nafar g‘oliblar yakuniy bosqichda ishtirok etdi.

 

Ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichi quyidagi ikki yo‘nalishda tashkil etildi:

1-yo‘nalish “Mahorat darsi taqdimoti”.

Buning uchun o‘qituvchiga 15 daqiqa vaqt ajratildi va eng yuqorisi
50 ball bilan baholandi.

2-yo‘nalish savol-javob:

a) mehnat huquqini o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha (Mehnat kodeksi) savollarga og‘zaki javob berdi. Javoblar eng yuqorisi 25 ball bilan baholandi.

b) O‘zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” Qonun va kasaba uyushmasi faoliyati haqidagi (Tarmoq kelishuvi, jamoa shartnomalari) tushunchalar bo‘yicha savollarga og‘zaki javob berdi. Javoblar eng yuqorisi 25 ball bilan baholandi.

Natijalar umumiysi 100 balni tashkil etdi.

Har bir fan bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti Laureati ko‘krak nishoni va 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln. so‘m, 3-o‘rin 10 mln. so‘m pul mukofotlari, esdalik sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandilar.