10-may kuni (yakshanba) soat 11:00da кimyo fanidan 10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida onlayn olimpiada o'tkaziladi.

      Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti umumta'lim maktablarining 10-11-sinf hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari o'rtasida kimyo fanidan o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi.

Joriy yilning 10-may kuni (yakshanba) soat 11:00da kimyo fanidan yuqorida qayd etilgan sinf o'quvchilar o'rtasida ONLAYN OLIMPIADA o'tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi. 

Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun o'quvchilar olympiad.uzedu.uz  (yoki oo.uzedu.uz) saytiga belgilangan vaqtda, o‘zlarining login va parollari yordamida kirishlari kerak.

Onlayn olimpiada yakunlangach, o'quvchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Telegram 👉 @olimpdep