53-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) natijalari e'lon qilindi.

2021-yil 25.07 - 02.08 kunlari Yaponiya davlati tomonidan tashkil etilgan 53-Xalqaro kimyo olimpiadasida dunyoning 65 davlatidan 260 nafar o'quvchilar ishtirok etdi. Mazkur nufuzli olimpiadada terma jamoamiz a'zolari ham munosib ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko'ra 1 ta oltin hamda 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimiz:
🥇Amanov Sobirjon - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o'quvchisi - oltin medal; 
🥉Sobirov Firdavs - Buxoro shahar 35-maktab o‘quvchisi - bronza medal;
🥉Muxtorxo'jayeva Durdona - ibn Sino maktab-internati o‘quvchisi - bronza medal;
🥉Boymahammadov Ikromiddin - ibn Sino maktab-internati o‘quvchisi - bronza medal;
Olimpiada jarayonlari tashkilotchilar tomonidan videokuzatuv yordamida to‘liq nazorat qilindi va ishtirokchilarga 28-iyul kuni 9 ta masala berilib, ishlash uchun 5 soat vaqt ajratildi.
Mazkur g'alaba bilan o'quvchilarni, ularga bilim bergan o'qituvchilarini hamda ota-onalarini tabriklaymiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep