Bugun Indoneziya davlati tashkilotchiligida 27-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz o'quvchilari V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti binosida Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etdi. Bunda ishtirokchilar yakka hamda jamoaviy tartibda musoboqada qatnashishdi. Musoboqada ikki xil yosh toifasidagi:  kichik (key stage 2) va katta (key stage 3) o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Musoboqada ishtirokchilar jamoaviy harakat qilish ko‘nikmasini egalladilar. Jarayonlar Zoom platformasi orqali tashkiliy qo‘mita tomonidan kuzatib borildi. Musoboqa yakuniga yetgach o‘quvchilarning ishlari jamoa rahbarlari tomonidan skaner qilinib, tashkiliy qo‘mitaga yuborildi. Xalqaro olimpiada natijalari 1-avgust kuni e'lon qilinadi.
Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep