Fanlar bo‘yicha 3 ta eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston yoshlari o‘tgan yilgi natijalariga nisbatan 2 barobar ko‘p medalga sazovor bo‘lishdi

Sport sohasidagi Tokioda o‘tayotgan olimpiada singari, fanlar bo‘yicha 3 ta eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston yoshlari o‘tgan yilgi natijalariga nisbatan 2 barobar ko‘p medalga sazovor bo‘lishgani bugun Prezidentimiz tug‘ilgan kunlariga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi

Prezidentimiz Qarori bilan vazirlikda Xalqaro olimpiadalar bo‘yicha yangi Departament tuzilib, bunday nufuzli olimpiadalarga tizimli tayyorlanish imkoniyati kengaydi, Fanlar Akademiyasi va barcha boshqa ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar hamkorligi yo‘lga qo‘yildi hamda terma jamoani yaxshiroq tayyorlash uchun chet eldan alohida trenerlar jalb etilishi imkoniyati paydo bo‘ldi.

Qarorga ko‘ra Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari quyidagi mukofot pullariga ega bo‘ladilar:

- oltin medal sohibiga – 122 mln. so‘m, o‘qituvchisiga – 110 mln. so‘m;

- kumush medal sohibiga – 73 mln. so‘m, o‘qituvchisiga – 61 mln. so‘m;

- bronza medal sohibiga – 49 mln. so‘m, o‘qituvchisiga – 36 mln. so‘m.

https://t.me/shshermatov/259

https://www.facebook.com/SherzodXotamovichShermatov/posts/1714190675444797