Ilk bor maktab o‘quvchisi nufuzli Xalqaro fizika olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
Ilk bor maktab o‘quvchisi nufuzli Xalqaro fizika olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
Joriy yil 17-24 iyul kunlari Litva davlati tomonidan 51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Unda dunyoning 73 davlatidan 365 nafar ishtirokchilar qatnashdi. 19 iyul kuni olimpiadaning amaliy qismida ishtirokchilar 2 ta topshiriqni bajardi va 21 iyul kuni esa nazariy bosqichda 3 ta masala berildi. Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar ham munosib ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Rail Xashayev — Toshkent shahridagi 71-maktab o‘quvchisi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Madina Xasanjonova — S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey o‘quvchisi 4-darajali diplom bilan taqdirlandi. Mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan o‘qituvchilarini hamda ota-onalarini tabriklaymiz!