32-Xalqaro Biologiya olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin va bitta  kumush medalni qo‘lga kiritdi

Avval xabar berganimizdek ayni damda o‘quvchilarimiz nufuzli xalqaro olimpiadalarda Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. Yaqinda 32-Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO) natijalari e’lon qilindi.

Ushbu xalqaro biologiya olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush medallarini qo‘lga kiritdi:

🥇Humoyun Norbekov -JDPI akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi- oltin medal;

🥇Aziza Abduvaliyeva -TPTI akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi-oltin medal;

🥈Yorqinbek Turdiboyev -Navoiy viloyati 11-IDUM o‘quvchisi-kumush medal.

 

Olimpiada 18-23 iyul kunlari Portugaliya davlati tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning 76 davlatidan 304 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi.