5 yilda ilk bor Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO-2021)da maktab o‘quvchisi g‘olib bo‘ldi
5 yilda ilk bor Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO-2021)da maktab o‘quvchisi g‘olib bo‘ldi
Eng nufuzli olimpiadalar sirasiga kiruvchi 62-Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO) natijalari e’lon qilindi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati 5-IDUM o‘quvchisi kumush medal; Olimjon Olimov — Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Doniyor Ismoilov imtiyozli diplomni qo‘lga kiritdi. Bu yilgi olimpiada 14-24 iyul kunlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi. Unda dunyoning 110 davlatidan 623 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan o‘qituvchilarini hamda ota-onalarini muborakbod etadi!
Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
1. Ismoilov Doniyor - Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi 11-sinf o‘quvchisi
2. Nabixonov Nabixon - Sirdaryo viloyati 23-maktab 11-sinf o‘quvchisi
3. Olimov Olimjon - Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi 11-sinf o‘quvchisi
4. Keldiyorov Fatxulla - Toshkent shahri S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey
5. Bo‘riyev Iskandar - Toshkent shahri Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi
6. Tolipov Diyorbek - Buxoro viloyati 5-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi