62-Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO) boshlanish arafasida.
62-Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO) boshlanish arafasida.
Joriy yildagi olimpiada tashkilotchisi Rossiya davlati hisoblanadi. Ushbu xalqaro olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Terma jamoamizga ulkan zafarlar tilab qolamiz!!! Terma jamoa tarkibi bilan tanishing: 1. Ismoilov Doniyor - Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi 11-sinf o‘quvchisi 2. Nabixonov Nabixon - Sirdaryo viloyati 23-maktab 11-sinf o‘quvchisi 3. Olimov Olimjon - Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi 11-sinf o‘quvchisi 4. Keldiyorov Fatxulla - Toshkent shahri S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey 5. Bo‘riyev Iskandar - Toshkent shahri Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi 6. Tolipov Diyorbek - Buxoro viloyati 5-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Terma jamoa rahbari: Ganixodjayev Nosir Nabiyevich - V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori. 62-Xalqaro Matematika olimpiadasi taqvim rejasi bilan tanishing.14 - 18 iyul: Xalqaro matematika olimpiadasi o'tkaziladigan auditoriyalarni texnik sinovdan o'tkazish
18-iyul: IMO 2021 ning onlayn ochilish marosimi
19 - 20 iyul: Olimpiada kunlari
21-23 iyul: Tanlovdan tashqari dastur:
Yetakchi matematiklarning, o'tgan yilgi xalqaro matematika olimpiadasi medal sohiblari ma'ruzalari.
Sankt-Peterburgga onlayn ekskursiyalar
Ishtirokchilar uchun onlayn tadbirlar
21-23 iyul: O‘quvchilarning ishlarini baholash.
23-iyul: Hakamlarning yakuniy qarorlari.
24-iyul: Onlayn yopilish marosimi
olympiad.uzedu.uz
@olimpdep