33-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI) start oldi. 

Joriy yildagi olimpiada tashkilotchisi Singapur davlati hisoblanadi. Ushbu xalqaro olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Terma jamoamizga ulkan zafarlar tilab qolamiz!!! 
Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
1. Yangabayev Magsut Davletmurat o‘g‘li - Qoraqalpog‘iston Respublikasi 13-sonli umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi
2. Urinov Azimjon Mehmonali o‘g‘li - Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi
3. Ismoilov Asliddin Foziljon o‘g‘li - Namangan shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi
4. Xo‘jaqulov Dilshod Zafar o‘g‘li - Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Terma jamoa rahbari:
1. Gulmatov Bahodir - Namangan shahridagi Prezident maktabi informatika o‘qituvchisi
2. G‘aniyev Asadullo - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi

33-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) ochilish marosimi. 
Quyidagi havola orqali masofaviy o‘tkazilayotgan 33-Xalqaro informatika olimpiadasining (International olympiad in informatics) ochilish marosimini tomosha qilishingiz mumkin. 
https://youtu.be/dhML6_1zb_Q


🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep