O‘zbekistonlik o‘quvchilarni nufuzli xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda xorijiy mutaxassislar ham ishtirok etmoqda

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoa a'zolari bilan o‘quv-mashg‘ulotlarini olib borish uchun Moskva davlat universitetidan xorijiy mutaxassislar jalb qilinmoqda.

Biologiya fanlari nomzodi Nikolay Vislobokov xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etuvchi 4 nafar terma jamoa a’zosi bilan o‘simliklar anatomiyasi bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv-mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Shuningdek, darslarda xalqaro olimpiadalarga saralashning yakuniy bosqichida ishtirok etib, terma jamoa tarkibiga qo‘shila olmagan 9-10-sinfdagi iqtidorli o‘quvchilar ham qatnashmoqda.

Barcha o‘tilayotgan darslar video tasvirga olinib, Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb sahifasi hamda kanaliga joylashtirilishi rejalashtirilgan.