Onlayn olimpiada boshlanmoqda!

Ozbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish va taʼlim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida umumiy orta taʼlim muassasalari oquvchilari uchun 2020 yil 16 mart kunidan eʼtiboran qoshimcha taʼtil eʼlon qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari togʼrisida” PQ-4306-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida, “Onlayn olimpiadalarni tashkil etish hamda iqtidorli oquvchilar zahirasini shakllantirish” axborot tizimi olympiad.uzedu.uz veb-sayti ishga tushirildi.  

2020 yil 24 mart kunidan boshlab, umumtaʼlim maktablarining 4-11-sinflari hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilari uchun 5 ta fandan - matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan - respublikamizda ilk bora onlayn olimpiada tashkil etiladi.

Onlayn olimpiadada oquvchilar ixtiyoriy ravishda, masofaviy tarzda ishtirok etishlari mumkin. Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul bolib, buning uchun oquvchilar Xalq taʼlimi vazirligining olympiad.uzedu.uz vebsayti orqali onlayn royxatdan otishlari va tahsil olayotgan taʼlim muassasalaridan masʼul xodimi tomonidan elektron tarzda tasdiqdan oʼtishlari lozim boʼladi. Oquvchilar olimpiada otkaziladigan muddatdan kamida bir kun oldin royxatdan otishlari soraladi.     

Onlayn olimpiada topshiriqlari murakkablik darajasi turlicha bolgan 20 ta test savollaridan iborat bolib, ularni bajarish uchun har bir oquvchiga 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Аjratilgan vaqt yakuniga yetgach, oquvchilar oz reytinglarini koʼrishlari hamda olimpiadada ishtirok etganligilari togʼrisidagi sertifikatlarini elektron tizimdan yuklab olishlari mumkin.  

Аziz oquvchilar, onlayn olimpiada oz bilimlaringizni sinash uchun qulay imkoniyatdir.  

Xalq taʼlimi vazirligi Fan olimpiadalari boyicha iqtidorli oquvchilar bilan ishlash Departamenti onlayn olimpiada ishtirokchilariga omad tilaydi! Telegram kanalga ulanish https://t.me/olimpdep