Biologiya hamda Fizika fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga terma jamoa a'zolari aniqlab olindi

Biologiya hamda Fizika fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 2-bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan jami 31 nafar o‘quvchi bilan 2021-yil 3-6 iyun kunlari o‘quv tayyorgalik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.  Darslarni tajribali trener-o‘qituvchilar, Xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari olib borishdi. Tayyorgarliklar yakunida o‘quvchilar orasidan nufuzli fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoa a'zolari saralab olindi. 
O'quv mashg‘ulotlari A.Avloniy nomidagi  Xalq ta'limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida olib borildi. Viloyatlardan kelgan o‘quvchilar yotoqxona bilan ta'minlandi. Barcha o‘quvchilar va o‘qituvchilarga 3 mahal ovqatlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.


Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoa a'zolari hamda yuqori natijalarni qayd etgan quyi sinf o'quvchilari uchun yaqin kunlarda xorijiy trenerlar ishtirokida dars-mashg‘ulotlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO) joriy yilning 18-23 iyul kunlari Portugaliya davlatida, Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) 17-25 iyul kunlari Litva davlatida o‘tkazilishi belgilangan.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep