Fan olimpiadasining respublika bosqichi davom etadi.

🔹Joriy yilning 29-30 may kunlari Samarqand viloyatida Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tojik tili, Toshkent shahrida Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili, ona tili(Maxsus ta'lim), Matematika(Maxsus ta'lim) fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichiga start beriladi.

🔹Olimpiadada jami 248 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. Ingliz tili 42 nafar, Fransuz tili 36 nafar, Nemis tili 39 nafar, Tojik tili 18 nafar, Ona tili va adabiyot 42 nafar, O‘zbek tili(davlat tili) 42 nafar, Ona tili (maxsus) 17 nafar, Matematika (maxsus) 12 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. O‘quvchilar uchun hududlarda yotoqxona hamda olimpiada o‘tkaziladigan kunlari ovqatlanish va barcha shart sharoitlar yaratilgan.

🔹Barcha ishtirokchilar ma'naviy xordiq chiqarishlari uchun Samarqand viloyati hamda Toshkent shahrida diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep