Namangan viloyatida Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi.

Respublika fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan 10 nafar o‘quvchiga O‘zbekiston – Koreya xalqaro universitetida grant asosida o‘qish uchun 12800 AQSh dollari qiymatidagi vaucherlar topshirildi

Namanganda fizika, informatika va tarix fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

22-23 may kunlari bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasining respublika bosqichiga Namangan viloyati mezbonlik qildi.

Bellashuvlarda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 111 nafar  ishtirokchi 2 bosqichda o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, fizika fanidan 5 nafar, informatika fanidan 5 nafar o‘quvchiga O‘zbekiston – Koreya xalqaro universitetida 4 yillik grant asosida o‘qish imtiyozini beruvchi 12800 AQSh dollari qiymatidagi vaucher va sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.