Asia-Pacific Informatics Olympiad-2021 (APIO)

Asia-Pacific Informatics Olympiad-2021 (APIO) - Osiyo va Tinch okeani g'arbiy mintaqasi davlatlari o'quvchilari ishtirok etadigan mazkur olimpiada Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) darajasidagi musobaqa hisoblanadi. Ushbu olimpiada birinchi bor Avstraliyaning IOI jamoasi tomonidan 2007-yilda tashkil etilgan. APIO-2021 musoboqasi Indoneziya davlati tashkilotchiligida o'tkazilmoqda.
🔹Ushbu musobaqada O'zbekistonlik 16 nafar yosh informatiklar ham ishtirok etadi.
🔹21-may kuni ushbu musoboqaning  ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimini ushbu havola orqali  ko'rishingiz mumkin: 👉▶️ https://youtu.be/VrJtt207bQc
🔹23-may kuni mamlakatimiz o'quvchilari APIO-2021 musoqboqasi topshiriqlarini bajaradilar. Ularga 3 ta masala beriladi hamda 5 soat vaqt ajratiladi. 
🔹26-may kuni APIO-2021ning natijalari e'lon qilinadi va yopilish marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu havola orqali yopilish marosimini ko'rishingiz mumkin bo'ladi: 👉▶️ https://youtu.be/QtzjeMtW1

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpde