Navoiy va Namanganda Fan olimpiadasining respublika bosqichiga start berildi

Bugun 22 may kuni Navoiy viloyatida qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, rus tili (ta’lim o‘zbek va qardosh tillarida), qozoq tili, Namangan viloyatida fizika, tarix, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichiga start berildi.

🔹Olimpiadada jami 194 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. qoraqalpoq tili va adabiyoti 6 nafar, rus tili va adabiyoti 30 nafar, rus tili (ta’lim o‘zbek va qardosh tillarida) 35 nafar, qozoq tili 12 nafar, fizika 35 nafar, tarix 42 nafar, informatika va axborot texnologiyalari fanidan 34 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.

🔹O‘quvchilar uchun hududlarda yotoqxona hamda olimpiada o‘tkaziladigan kunlari ovqatlanish va barcha shart sharoitlar yaratilgan.

🔹Olimpiadaning shaffof hamda adolatni o'tishini ta'minlash maqsadida jarayon kuzatuv kameralari bilan jihozlangan xonalarda tashkil qilingan. Ushbu jarayonni quyidagi havola orqali onlayn ko'rishingiz mumkin. 👉https://youtu.be/XBQMLsIeQz0

Navoiyda bo‘lib o‘tayotgan fan olimpiadasi respublika bosqichi onlayn translyatsiyasini ushbu havola orqali ko‘rish mumkin 👉 https://www.facebook.com/navoiy.vxtb.3/