Fan olimpiadasining respublika bosqichi davom etadi. 

🔹Joriy yilning 22-23 may kunlari Navoiy viloyatida Qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, rus tili (ta'lim o‘zbek va qardosh tillarida), qozoq tili, Namangan viloyatida fizika, tarix, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichiga start beriladi.

🔹Olimpiadada jami 194 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. Qoraqalpoq tili va adabiyoti 6 nafar, rus tili va adabiyoti 30 nafar, rus tili (ta'lim o‘zbek va qardosh tillarida) 35 nafar, qozoq tili 12 nafar, fizika 35 nafar, tarix 42 nafar, informatika va axborot texnologiyalari fanidan 34 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. O‘quvchilar uchun hududlarda yotoqxona hamda olimpiada o‘tkaziladigan kunlari ovqatlanish va barcha shart sharoitlar yaratilgan.

🔹Barcha ishtirokchilar ma'naviy xordiq chiqarishlari uchun Navoiy hamda Namangan viloyatlarida diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep