21-Osiyo fizika olimpiadasi.

Toshkent shahar Yunusobod tumani 9-sonli axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabda 2021-yil 19-may kuni 21-Osiyo fizika olimpiadasining nazariy bosqichi bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilarga 3 ta masala berilib, jami 5 soat vaqt ajratildi. 

Bugun, 20-may kuni olimpiadaning amaliy bosqichi bo'lib o'tmoqda. Osiyo fizika olimpiadasi nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) darajasidagi musobaqa ekanligini inobatga olsak, olimpiada topshiriqlarining qiyinlik darajasi yuqori ekanligini kuzatishimiz mumkin. 

Amaliy topshiriq savollari yuqori malakali mutaxassislar tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinib, o'quvchilarga 3 ta tilda (engliz, rus va o'zbek) o'z vaqtida yetkazildi. Amaliy bosqichda 2 ta topshiriq berildi va 5 soat vaqt ajratildi.

Barcha jarayonlar kuzatuv kameralari yordamida tashkiliy qo'mita tomonidan kuzatib borilmoqda. Jarayonlar karantin qoidalariga qat'iy amal qilingan holda o'tkazilmoqda. O'quvchilarimizga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep