MILLIY UNIVERSITETNING 4-KURS TALABASI S.BOZORBOYEV XTVNING FAN OLIMPIADALARI BOʻYICHA IQTIDORLI OʻQUVCHILAR BILAN ISHLASH DEPARTAMENTIDA ISH BOSHLADI

Oʻzbekiston Milliy universiteti, matematika fakultetining 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev Xalq taʼlimi vazirligida yangi tashkil etilayotgan Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash Departamentida ish boshladi.

24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev OʻzMUda oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda S.Bozorboyev oʻz tajribasi, shuningdek, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi oʻquvchilarini xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni hamda Rossiyada boʻlib oʻtgan tanlovlarda munosib ishtiroki xususida toʻxtalib oʻtgan edi.

Yurtboshimiz Sardor Bozorboyevni Xalq taʼlimi vazirligiga ishga olish boʻyicha taklif berdi.

Xalq taʼlimi vazirligida Sardor Bozorboyev Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash Departamentida oʻz faoliyatini boshladi. Sardor Bozorboyev oʻz tajribasidan foydalanib, yoshlarni turli olimpiadalarga tayyorlaydi.