YURTIMIZ OʻQUVCHILARI NIJNIY NOVGORODDA OʻTKAZILADIGAN XALQARO FESTIVALDA ISHTIROK ETADI

22-23-yanvar kunlari robototexnika boʻyicha boʻlib oʻtadigan “World wide robotics - 2020” festivalida dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlari jamoalari ishtirok etadi. Ular orasida robototexnika boʻyicha chempionlar – Janubiy Koreya, Xitoy va AQSH ham bor.

Mamlakatimizning IT park huzuridagi IT centers, UZ robo up jamoasidan Suxrob Haydarov, Rashid Rashidov, Bektemir Miroʻktamov, Jafar Orifjonov ishtirok etadi.

Yurtdoshlarimizga festivaldagi ishtirokida muvaffaqiyat tilab qolamiz!