AVSTRALIYADAGI SEAMO XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA OʻQUVCHILARIMIZ OLTIN VA BRONZA MEDALLARINI QOʻLGA KIRITISHDI
AVSTRALIYADAGI SEAMO XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA OʻQUVCHILARIMIZ OLTIN VA BRONZA MEDALLARINI QOʻLGA KIRITISHDI
Joriy yilning 17-20-yanvar kunlari Avstraliyaning Gold-Kost shahrida Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO X 2020) boʻlib oʻtdi. Mazkur xalqaro fan olimpiadasi Singapur davlatining Terri Chyu instituti tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda davlat va nodavlat maktablarining 1-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin. 2020-yilda 18 ta davlatdan jami 700ta ishtirokchi qatnashdi. SEAMO xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz vakillari quyidagi natijalarni qayd etishdi. Bekzod Nuriddinov Buxoro viloyati, Qorakoʻl Xalqaro matematika maktabining 10-sinf oʻquvchisi Oltin medal Horun Saliyev Toshkent shahri, Vestminster Xalqaro maktabining 6-sinf oʻquvchisi Bronza medal Shahzoda Jumaboyeva Xorazm viloyati, Urganch shahri, 10-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Faxriy yorliq Yoʻlchiyev Temurbek Toshkent shahri, 91-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Faxriy yorliq Sanjarbek Gʻulomjonov Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, 45-maktabning 6-sinf oʻquvchisi Faxriy yorliq Yurtimiz vakillarini ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi jahon olimpiadalarida muvaffaqiyatlar bardavomligini tilab qolamiz!