Matematika va Kimyo fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralashning II bosqichi

Joriy yilning 11-aprel kuni Matematika va Kimyo fanlaridan Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralashning II bosqichiga start beriladi.  Ushbu saralash olimpiadasining 2-bosqichi Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tadi.

🔢 Matematika fanidan - yozma ish uchun 4 ta masala berilib, har biri 7 balldan (jami 28 ball) baholanadi;

🧪 Kimyo fanidan - yozma ish uchun 5 ta masala berilib, har biri 10 balldan (jami 50 ball) baholanadi;

❗️Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarishlari uchun 4 soat vaqt beriladi. O‘quvchilarning yozgan ishlari hakamlar hay'ati tomonidan tekshiriladi va natijalar shu kunning o‘zidayoq e'lon qilinadi.

Yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar xalqaro olimpiadalarga saralashning keyingi bosqichida ishtirok etadilar.
Barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan estalik sovg‘alari va sertifikat taqdim qilinadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep