Onlayn olimpiadalar yana qaytmoqda.

Joriy yilning 10-aprel kuni 4-sinf o‘quvchilari uchun Matematika fanidan oo.uzedu.uz tizimida onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi. Ushbu onlayn olimpiada o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun o‘tkazilmoqda.
O‘quvchilar kun davomida (soat 18:00ga qadar) oo.uzedu.uz tizimiga kirib ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi. 

📊Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 20:00dan keyin tizimda ko'rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi. 📈🔖

Ushbu onlayn olimpiadalarda reyting shakllantirilmaydi.