Xalqaro fan olimpiadalari II bosqichi

Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralashning II bosqichi 11-aprel kuni matematika, kimyo, 18-aprel kuni biologiya, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o‘tkaziladi.

Nazorat materiallari quyidagicha shaklda beriladi:
🧲 Fizika fanidan - yozma ish uchun 10 ta masala, har bir masala 5 balldan (jami 50 ball) baholanadi;

🔢 Matematika fanidan - yozma ish uchun 4 ta masala berilib, har biri 7 balldan (jami 28 ball) baholanadi;

🧪 Kimyo fanidan - yozma ish uchun 5 ta masala berilib, har biri 10 balldan (jami 50 ball) baholanadi;

🔬Biologiya fanidan - 10 ta topshiriqning har biri 5 balldan (jami 50 ball) baholanadi;

🖥 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - 7 ta masala onlayn portalda berilib, to‘liq ishlangan va tizimdan qabul qilingan har bir masala 10 balldan (jami 70 ball) baholanadi. Bir xil sondagi masala ishlagan ishtirokchilarning reytingi ishlash vaqtini hisobga olish orqali aniqlanadi. Ishtirokchilar masala uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.