Аl-Xorazmiy nomidagi matematika olimpiadasiga start berildi. 

Аl-Xorazmiy nomidagi matematika olimpiadasiga start berildi. 

Olimpiadaning Respublika bosqichida oʼz hududlarida yuqori natijalarga erishib, gʼoliblikni qoʼlga kiritgan 6 nafardan jami 84 nafar, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Аgentligi tasarrufidagi maktablardan 18 nafar jami 102 nafar oʼquvchi ishtirok etmoqda. Olimpiada 2 bosqichda 23-mart kuni yozma ish, 24-mart kuni test sinovi tarzida boʼlib oʼtadi. Umumiy hisobda yuqori ballarni egallagan oʼquvchilar gʼolib hisoblanadi. Gʼoliblar xalq taʼlimi vazirining diplomlari hamda estalik sovgʼalari bilan taqdirlanadilar.