"QO‘QON OLIMPIADASI"ning Respublika bosqichi start oldi !

Joriy yilning 13-14-mart kunlari “Bilim insonni ulug’laydi” nomli shior ostida Qo‘qon universiteti tashabbusi bilan “Qorako‘l ziyo” nodavlat ta’lim muassasasi hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida matematika fanidan “Qo‘qon olimpiadasi”ning respublika bosqichi o’tkazilmoqda. Qo’qon olimpiadasi xususiy sektor vakillari tomonidan ilk marotaba tashkil etildi.
Yosh matematiklarning ushbu bellashuvida 5-6-7-sinf (I guruh), 8-9-sinf (II guruh) va 10-11-sinf, akademik litseylarning 1-2-kurs (III guruh) o'quvchilari ishtirok etmoqdalar. Umumiy hisobda respublikaning 14 ta hududidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablar, akademik litseylar hamda nodavlat ta'lim muassasalarining jami 350 nafarga yaqin o‘quvchilari qatnashmoqda.
Respublika bosqichiga qadar tuman (shahar) bosqichida 60 000 nafarga yaqin, hududiy (viloyat) bosqichida 6 100 nafar o'quvchi Davlat test markazi tomonidan maxsus tuzilgan test sinovlarida ishtirok etdi.