Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqichidan oʻtgan oʻquvchilar soni viloyat kesimida.

Joriy yilning 28-fevral kuni bo'lib o'tgan Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralash olimpiadalarining I bosqichi natijalari e'lon qilindi. Mazkur olimpiadada asosiy fan olimpiadasining III viloyat bosqichida 1-5 o'rinlarni egallagan 9-10-11 sinf o'quvchilari matematika, kimyo, biologiya, fizika va informatika fanlaridan o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. 
Saralash olimpiadasi topshiriqlari xalqaro olimpiadalar talab va standartlari, mezonlari asosida yaratildi hamda o'quvchilarning ishlari hakamlar hay'ati tomonidan holislik, adolat va shaffoflikka tayangan holda tekshirildi.
Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralash olimpiadalarining II bosqichi mart oyining oxirgi o'n kunligida o'tkazilishi rejalashtirilgan.