Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi Sardor Bozorboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. 

Ayni damda Sardor O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti Matematika mutaxassisligi 2-kurs magistranti. Xalq ta’limi vazirligi Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamentidagi faoliyati davomida 2019-2020 yillarda turli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda 10 ga yaqin fan olimpiadalari o‘tkazilishida tashabbus ko‘rsatgan.

Sardor Bozorboev nafaqat O‘zbekistonda, balki xorij davlatlarida bo‘lib o‘tgan olimpiada va bellashuvlarda kumush, oltin medallarga munosib deb topilgan (yutuqlari haqida batafsil (yutuqlar haqida batafsil ).

Prezidentimiz tomonidan Xalqaro olimpiadalardagi yutuqlari inobatga olinib Sardor Sobalt rusumli yengil avtomobil bilan taqdirlangan. 

Xalq ta’limi vazirligi Sardor Bozorboevga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qoladi.