14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti jamoasi nomidan Vatanimiz muhofazasi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan har bir fuqaroni chin qalbdan muborakbod etamiz!

Oʻzbek oʻgʻlonlari doimo oʻz mardligi bilan dong taratgan. Mazkur bayramning nishonlanishi xalqimizning oʻz armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sogʻliq-salomatlik tilab qolamiz.