Oʼzbekistonlik oʼquvchilar Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14ta medalni qoʼlga kiritdi
Oʼzbekistonlik oʼquvchilar Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14ta medalni qoʼlga kiritdi
Joriy yilning 8-12 yanvar kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida masofaviy tarzda matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasi tashkil etildi. Unda 14 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi munosib ishtirok etib, olimpiada yakuniga ko‘ra 1 ta oltin, 2 ta kumush hamda 11 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘tgan yili mazkur Olimpiadada O‘zbekiston jamoasi 6 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
Mazkur xalqaro olimpiada 2005 yildan boshlab har yili Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi Fizika-matematika milliy maktabida o‘tkazilib, unda turli davlatlarning jamoalari uch nafar matematika, ikki nafardan fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchilar jamoalari bilan qatnashadilar. Joriy yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasida 21 ta davlatdan 146ta jamoa, jami 1006 nafar ishtirokchi o‘z bilimini sinab ko‘rdi. O‘zbekistonning turli hududlaridan Olimpiadada 10 ta jamoa ishtirok etdi. 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘quvchilarning natijalari bilan tanishing: Tolibov Diyorbek (oltin medal)— Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ismoilov Doniyorbek (kumush medal) — Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xolmatov Jaloliddin (bronza medal) — Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Аniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Buriev Iskandar (bronza medal) — Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Аniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Obilov Davronbek (bronza medal) — Jizzax viloyati, Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Nabixonov Nabixon (bronza medal) — Sirdaryo viloyati Guliston tumani 23-maktabining 11-sinf o‘quvchisi Qodirqulov Ilg‘or (bronza medal) — Sirdaryo viloyati Qorako‘l maktabi 10-sinf o‘quvchisi Raxmatov Аnvarbek (bronza medal) — Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 9-sinf o‘quvchisi Rajabboev Lazizbek (bronza medal) — Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 10-sinf o‘quvchisi Olimov Olimjon (bronza medal) — Buxoro viloyati, Qorako‘l xalqaro matematika maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zoirov Аfzal (bronza medal) — Navoiy Qorako‘l maktabi 10-sinf o‘quvchisi Fizika fanidan Xashaev Rail (kumush medal)— Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-umumtaʼlim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Informatika va axborot texnologiyalari fanidan O‘rinov Аzimjon (bronza medal) — Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xo‘jaqulov Dilshodbek (bronza medal)— Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Аniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 9-sinf o‘quvchisi
Аytish joizki, ushbu xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilarning ishtiroki bilan bog‘liq tayyorlov va muvofiqlashtirish ishlari Xalq taʼlimi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi Sardor Bazarbayev tomonidan amalga oshirildi. Shuningdek Sardor Bazarbaev ushbu Olimpiadada O‘zbekiston term jamoasining rahbari sifatida qatnashdi.