O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi fizika bo‘yicha xalqaro olimpiadada bronzani qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi fizika bo‘yicha xalqaro olimpiadada bronzani qo‘lga kiritdi
2020 yilning 7-15 dekabr kunlari Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi (International distributed physics olympiad, IdPhO) masofaviy tarzda bo‘lib o‘tdi. Jahonning 57 ta mamlakatidan 285 nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur olimpiadada IPhO-2020 uchun saralangan milliy terma jamoa aʼzolari ishtirok etdilar. Mazkur olimpiadada O‘zbekiston sharafini besh nafar iqtidorli o‘quvchi ximoya qildi: Mamlakatimiz jamoa aʼzolaridan Rail Xashayev bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sardor Boboshev va Аzizbeklar Tursunov esa faxrli diplom bilan taqdirlandilar. Olimpiadaning nazariy bosqichida o‘quvchilarga 3 ta savol berilib, 5 soat vaqt ajratildi, amaliy qismida esa, ishtirokchilar tashkiliy qo‘mita tomonidan jo‘natilgan laboratoriya jihozlarida tajriba o‘tkazdilar. Ushbu xalqaro olimpiada karantin qoidalariga rioya qilingan holda, Toshkent shahridagi Prezident maktabida xalqaro hakamlar video-kuzatuvi ostida o‘tkazildi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘qituvchisi Doniyor Bobojonov terma jamoa rahbari sifatida o‘quvchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilib, ularni mazkur xalqaro olimpiadaga tayyorladi.