Bebras-2020 haftaligi

14-19 dekabr kunlari - Bebras-2020 haftaligi - informatika bo'yicha xalqaro Bebras (nodavlat) musobaqasi onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Tayyorgarlik darajasidan qat'iy nazar, barcha 5-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishga taklif etiladi.                                                 
Bebras xalqaro musobaqasi kompyuter savodxonligi va ko'nikmalarini rivojlantirishga, AKTga qiziqishini oshirishga qaratilgan. 
📅 Musobaqa o‘tqazilish jadvali:
14-dekabr soat 6:00 dan 15-dekabr soat 22:00 gacha 5-6-sinflar
16-dekabr soat 6:00 dan 17-dekabr soat 22:00 gacha 7-8-sinflar
18-dekabr soat 6:00 dan 19-dekabr soat 22:00 gacha 9-11-sinflar uchun bo‘lib o‘tadi. (Test sinovlari uchun 1 soat vaqt ajratiladi)

Musobaqa olympiad.uzedu.uz tizimida o'tkaziladi.
Natijalar 19-dekabrdan keyin e'lon qilinadi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish (https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn) shart! Axborot tizimidan foydalanish bo'yicha ❓ko'p beriladigan savollarga (https://sites.google.com/view/olympiad-uzedu-uz-faq/uz?authuser=0) javoblar bilan tanishing.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpd