O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasida ishtirok etmoqda

2020 yilning 8-15 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan masofaviy tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi (International distributed physics olympiad)ga start berildi. 

Mazkur olimpiadada dunyoning 57ta davlatidan 285 nafar o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Olimpiada karantin qoidalariga rioya qilingan holda, Toshkent shahridagi Prezident maktabida masofaviy o‘tkazilmoqda va unda O‘zbekiston sharafini besh nafar yosh iqtidorli o‘quvchilar himoya qilishmoqda. 

Olimpiadaning nazariy bosqichida o‘quvchilarga 3ta savol beriladi va 5 soat vaqt ajratiladi, amaliy qismida esa, o‘quvchilar tashkiliy qo‘mita tomonidan jo‘natilgan laboratoriya jihozlarida tajriba o‘tkazadilar. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘qituvchisi Doniyor Bobojonov terma jamoaning rahbari sifatida o‘quvchilar bilan o‘quv mashg'ulotlarini o‘tkazib kelmoqda.  

📲 👉@olimpdep