21-Umumrossiya dasturlash olimpiadasi

Joriy yilning 15 noyabr kuni 21-Umumrossiya dasturlash olimpiadasining saralash bosqichi yurtimizda masofaviy tarzda o’tkazilgan edi. Ushbu jamoaviy olimpiadaning saralash bosqichida 13 davlatdan jami 655ta jamoa ishtirok etdi.

Saralash bosqichida yuqori natijaga erishgan Аniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'quvchilarining (Xo'jaqulov, Xolmatov, Sobirov) AFIDUM jamoasi hamda Namangan Prezident maktabining (Urinov, Ismoilov, Alijanov) PS-codings jamoalari 15 dekabr kuni bo'lib o'tadigan final bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdilar. 👏

Ushbu xalqaro olimpiadaning finalida ishtirok etadigan o'quvchilarimizga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz,  oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep